2026-yil 13-mart kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Huquqiy bilimlar” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Unda OʻRQ-1115-son Qonun mazmuni hamda sunʼiy intellekt sohasidagi yangi huquqiy oʻzgarishlar tushuntirildi.
Qonunga koʻra, “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi qonunga sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning umumiy asoslari kiritilib, “sunʼiy intellekt” tushunchasi aniq belgilandi. Shuningdek, sunʼiy intellekt tizimlari inson huquqlari va erkinliklariga zarar yetkazmasligi, hamda muhim yuridik qarorlar faqat AI xulosasiga asoslanib qabul qilinmasligi belgilandi.

Bundan tashqari, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, sunʼiy intellekt yordamida shaxsiy maʼlumotlarni noqonuniy qayta ishlash va tarqatish uchun jarima hamda boshqa maʼmuriy choralar qoʻllanilishi belgilandi.




