2026-yil 20-mart kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Huquqiy bilimlar” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Unda PQ-103-son Qaror mazmuni va uning milliy statistika tizimidagi ahamiyati tushuntirildi.
Qarorga koʻra, statistika sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish, zamonaviy oʻqitish usullarini joriy etish hamda har ikki yilda 3 ming nafar mutaxassisni oʻqitish tizimini yoʻlga qoʻyish belgilangan. Shuningdek, statistika metodologiyasini takomillashtirish, yashirin iqtisodiyotni baholash va raqamli xizmatlar hajmini 2 barobarga oshirish maqsad qilingan.
2026-yildan boshlab qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etilishi hamda statistika sohasidagi subyektlar uchun amaliy oʻquv dasturlari joriy etilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, 2026-yil 1-sentabrga qadar “Maʼlumotlar va tahlil ilmi” raqamli taʼlim platformasi ishga tushiriladi. Milliy statistika qoʻmitasi huzurida “Raqamli statistika markazi” (Digitstat) tashkil etilib, u sohada raqamlashtirish, sunʼiy intellekt va Big Data asosida yechimlar ishlab chiqish, shuningdek, statistik xizmatlarni rivojlantirish bilan shugʻullanishi belgilandi.




