27/03/2026

2026-yil 27-mart kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Huquqiy bilimlar” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Unda 2026-yilning mart oyi davomida yangi qabul qilingan qonun hujjatlari xususida tushunchalar berildi. Ushbu oyda O‘zbekiston Respublikasining 8 ta yangi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30 ta Farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 14 ta qarori qabul qilinganligi to‘g‘risida xodimlarga ma’lumotlar berib o‘tildi.