O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida professor-o‘qituvchilar, bo‘lim boshliqlari hamda mas’ul xodimlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirdda Namangan viloyati statistika boshqarmasining ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish bo‘limi mutaxassisi Meliboyev Dilmurod ishtirok etib, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar respublika bo‘ylab o‘tkazilishi belgilangan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining huquqiy asoslari, tashkiliy mexanizmlari hamda amaliy ijro tartibi bo‘yicha batafsil tushuntirish berdi.
Xususan, Farmonga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil 15–31-yanvar kunlari oralig‘ida o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning census.stat.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tishini to‘liq ta’minlashi shartligi, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi respublikadagi barcha maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari, davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ularning filiallarida tahsil olayotgan talabalarining ushbu portalda ro‘yxatdan o‘tishi uchun mas’ul etib belgilanganligi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, suhbat davomida ro‘yxatga olish tadbirining davlat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini shakllantirishdagi o‘rni, statistik ma’lumotlar ishonchliligini ta’minlashdagi ahamiyati hamda mazkur jarayonda rahbar va mas’ul shaxslar zimmasiga yuklatilgan vazifalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Mutaxassis tomonidan census.stat.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish tartibi, ma’lumotlarni kiritish bosqichlari va texnik jihatlar amaliy misollar asosida izohlandi. Ishtirokchilarning savollariga atroflicha va asosli javoblar berildi.




