09/06/2026


 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning 1-may holatiga Namangan viloyatida umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat olib borayotgan tijorat korxonalari soni 1 320 tani tashkil etdi.

Ular quyidagicha taqsimlangan:

Yirik ovqatlanish korxonalari – 8 ta

Kichik korxonalar va mikrofirmalar – 1 312 ta

 2026-yilning yanvar-aprel oyida umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 7,4 trillion so‘mga yetdi.

 Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 10 % ga oshgan.

 Shuningdek, umumiy savdo aylanmasining 90,4 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Mazkur ma’lumotlar umumiy ovqatlanish sohasining viloyat iqtisodiyotidagi o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganini, ayniqsa, kichik biznesning faol va samarali ishtirokini yaqqol ko‘rsatadi.