Statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 1-iyun holatiga Namangan viloyatida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 1 526 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 223 taga ko‘paygan.
1-iyun holatiga faoliyat yuritayotgan korxonalar soni:
2026-yil — 1 526 ta
2025-yil — 1 303 ta
2024-yil — 1 311 ta
2026-yilning yanvar–aprel oylarida viloyatda yashash va ovqatlanish sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 7,1 trln so‘mni tashkil etdi.
Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,4 % ga oshgan.
Mehmonxona, restoran, kafe va boshqa ovqatlanish xizmatlari sohasidagi korxonalar sonining ortib borayotgani hududda xizmatlar sektorining izchil rivojlanayotganidan dalolat beradi.




