18/06/2026

 Statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan korxonalar va tashkilotlar (dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz) soni 28 132 tani tashkil etdi. Shundan 23 531 tasi yoki 83,6 %i kichik korxona va mikrofirmalardir.

2025 yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,4 foizni, jumladan, kichik biznes va mikrofirmalarda – 110,6 foizni tashkil etdi.

1-iyun holatiga faoliyat yuritayotgan korxonalar soni:

2026-yil – 28 132 ta

2025-yil – 25 725 ta

2024-yil – 26 666 ta

2023-yil – 27 697 ta

 Hudud iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi yuqori bo‘lib, yangi korxonalar tashkil etilishi ishbilarmonlik faolligi ortib borayotganidan dalolat beradi.