19/06/2026

Statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil yanvar-aprel oylarida Namangan viloyatida yirik korxonalar tomonidan 84,9 mlrd so‘mlik qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,5 mlrd so‘mga oshgan.

 Ishlab chiqarishning tarkibi quyidagicha:

 yirik korxonalar — 68,2 % ni,

 mikrofirma va kichik korxonalar hissasi — 31,5 % ni,

 yakka tartibdagi mehnat faoliyati va uy xo‘jaliklari — 0,3 % ga to‘g‘ri kelmoqda.

 Shuningdek, joriy yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimizning ekportchi korxonalari tomonidan xorijiy davlatlarga qiymati 139,6 ming AQSH dollarilik qogʻoz yoki kartondan tayyorlangan buyumlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 3,5 barobarga oshgan.