23/06/2026

2026- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlikning qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligidagi hajmi 3820,8 mlrd so‘mni yoki umumiy hajmidagi ulushi 94,0 % ni tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2025- yil yanvar-mart oylariga nisbatan 104,4 % ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlikning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmidagi eng yuqori ulush Mingbuloq (98,8 %), Kosonsoy (98,8 %) Yangiqo‘rg‘on (98,7 %) Chust (98,6 %), Chortoq (98,6 %), To‘raqo‘rg‘on (98,6 %), va tumanlariga to‘g‘ri keldi.