26/06/2026

 Statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida Namangan viloyatida 4,4 trln so‘mlik qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati 2025-yilning mos davriga nisbatan 116,6 % ni tashkil etdi.

 Jami qurilish ishlarining 40,7 %i kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Kichik korxona va mikrofirmalarning iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha qurilish ishlari hajmi quyidagicha:

Bino va inshootlar qurilishi – 1 183,8 mlrd so‘m

Fuqarolik obyektlari qurilishi – 186,7 mlrd so‘m

Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 400,6 mlrd so‘m

 Ushbu ko‘rsatkichlar kichik biznes subyektlarining qurilish sohasidagi faolligi ortib borayotganini hamda hududda bunyodkorlik ishlari izchil davom etayotganini ko‘rsatmoqda.