2026-yil 5-iyun kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Huquqiy bilimlar” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

2026- yil 5-iyun kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan “Huquqiy bilimlar” oʻquv mashgʻuloti boʻyicha yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.04.2026-yildagi “Mamlakatda yangi ishlanmalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish tizimini joriy qilish hamda ilm-fanni qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-54-son Farmoni mazmun-mohiyati toʻgʻrisida maʻlumot va tushunchalar berilib, Farmon bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlantirish agentligining muassisligida xoʻjalik jamiyati shaklida yangi ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilganligini hamda 2026-yil 1-maydan boshlab korxonalar faoliyatini yoʻlga qoʻyishda, korxonalar ustav fondining kamida 25 foizi muassislarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan shakllantirilishi belgiganligini va ustav fondidagi davlat ulushini boshqarish funksiyasi ishonchnoma asosida muassislarga berilishi va 5 yil muddat davomida davlat ulushini xususiylashtirish man etilishi, korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda ularning ustav fondidagi davlat ulushi miqdorini oʻzgartirishda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qarorini qabul qilish hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining oldindan roziligini olish talab etilmasligi belgilanganligi tushuntirildi.
Farmonga koʻra tajriba-sinov ishlari xarajatlarini qoplash, olis va borish qiyin boʻlgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan oʻquv markazlarini ochishda imtiyoz berilgan shaxslar doirasini kengaytirish maqsadida 2026-yil 1-maydan boshlab quyidagi tartiblar joriy etilganligi, yaʼni:
olimlar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat ilmiy dasturlari doirasida bajarilgan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar natijasida yaratilgan ishlanmalar boʻyicha tajriba-sinov ishlari uchun ketadigan xarajatlarning bir qismini Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan qoplab berilishi, bunda tajriba-sinov ishlari ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash loyihalari doirasida amalga oshirilishi, xorijiy tillar boʻyicha kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega yoshlarga olis va borish qiyin boʻlgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan oʻquv markazlarini ochish uchun olti oylik imtiyozli davr bilan uch yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda berish tartibini 30 yoshdan oshgan shaxslarga ham tatbiq etilishi seminar qatnashchilariga tushuntirildi.



