12/06/2026

2026-yil 12-iyun kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Huquqiy bilimlar” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

 

 

     2026-yil 12-iyun kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan “Huquqiy bilimlar” oʻquv mashgʻuloti boʻyicha yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.04.2026-yildagi “Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-63-son Farmoni mazmun-mohiyati toʻgʻrisida maʻlumot va tushunchalar berilib, unga koʻra 2026-yil 1-avgustdan boshlab nazorat qiluvchi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mansabdor shaxslari va xodimlari hamda tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotni “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida hisobga olish tartibi va ushbu axborot tizimida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan barcha tekshiruvlarni, shu jumladan, qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini roʻyxatga olishni va nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotlarni hisobga olishni taʼminlovchi “Biznes himoya” QR-kodi joriy etilishi aytildi.

     Bundan tashqari, davlat xizmatchisi davlat organi nomidan yoki oʻzining xizmat mavqeyidan foydalangan holda tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritadigan binoga nazorat yoki profilaktika tadbirini oʻtkazish maqsadisiz tashrif buyurishi yoxud tadbirkorlik subyektini boshqa joyga chaqirishi nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqot sifatida baholanishi va  ushbu talabga rioya etmaganlik tegishli tartibda xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi uchun asos boʻlishi, muloqotning asosli yoki asossiz ekanligiga baho berish tegishli davlat organining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi yoki ushbu funksiyani amalga oshirish yuklatilgan boʻlinma yoxud mansabdor shaxs tomonidan amalga oshirilishi belgilanganligi haqida ham maʼlumot berildi.

     Shuningdek, Farmonga muvofiq 2026-yil 1-avgustdan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishda ishtirok etadigan yoki tadbirkor bilan muloqotga kirishadigan davlat xizmatchilari “Yagona davlat nazorati” axborot tizimining mobil ilovasidan foydalanishlari majburiy etib belgilanishi, “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnomalarning elektron shaklini yuritish orqali uni qogʻoz koʻrinishida rasmiylashtirish tartibi bekor qilinishi belgilanganligi haqida tushunchalar berib oʻtildi.