15/05/2026

2026-yil 15-may kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Huquqiy bilimlar” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

 

 

     2026-yil 15-may kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan “Huquqiy bilimlar” oʻquv mashgʻuloti boʻyicha yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.04.2026-yildagi “Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-63-son Farmoni mazmun-mohiyati toʻgʻrisida maʻlumot va tushunchalar berilib, Farmonga muvofiq 2026-yil 1-iyuldan boshlab “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi va uning mobil ilovasi yangi imkoniyatlar bilan takomillashtirilishi, 2026-yil 1-avgustdan davlat xizmatchilari va tadbirkorlar oʻrtasidagi nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotlarni “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida hisobga olish tartibi joriy qilinishi maʼlum qilindi.

     Bundan tashqari Biznes-ombudsman, Soliq qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlarni “Biznes himoya” QR-kodi bilan taʼminlash ishlari amalga oshirilishi haqida hamda tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtganda avtomatik ravishda shaxsiy kabinet ochilishi, maxsus guvohnomasi boʻlmagan shaxslar tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar noqonuniy deb hisoblanishi, tekshiruvlarda ishtirok etuvchi mutaxassislar ham maxsus guvohnomaga ega boʻlishi shartligi, tadbirkorlik faoliyati erkinligini buzgan davlat xodimlari javobgarlikka tortilishi belgilanganligi taʼkidlandi.

     Yigʻilish ishtirokchilariga mazkur Farmon tadbirkorlik muhitini yaxshilash, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilishda muhim ahamiyatga ega ekanligi tushuntirlidi.