07/08/2026

2026-yil 7-avgust kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida navbatdagi “Huquqiy bilimlar” o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati, davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdagi huquq va majburiyatlari, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga qaratilgan cheklovlar haqida tushunchalar berildi.

Mashg‘ulot davomida xodimlarning manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda rahbar yoki maxsus bo‘linmani o‘z vaqtida xabardor qilishi, shaxsiy manfaatdorlikning xizmat vazifalarini bajarishga ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymasligi hamda qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlarga rioya etishi zarurligi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida xodimlarga manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va qonun talablariga qat’iy rioya qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.