14/08/2026

2026-yil 14-avgust kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida navbatdagi “Huquqiy bilimlar” o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-21-son Farmoni mazmun-mohiyati haqida tushuncha berildi.

Mashg‘ulotda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirishda “maqsad — harakat — natija” tamoyili, belgilangan vazifalarni aniq va o‘lchab bo‘ladigan samaradorlik ko‘rsatkichlari orqali baholash, monitoring jarayonlarini raqamlashtirish hamda strategik rejalashtirish hujjatlarini strategiya bilan uyg‘unlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, strategiya maqsadlarining ijrosi Strategik rejalashtirish va rivojlanishning raqamli platformasi orqali monitoring qilinishi, ma’lumotlarning o‘z vaqtida va ishonchli kiritilishi zarurligi tushuntirildi.

Platformada samaradorlik ko‘rsatkichlarining “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratilishi, har bir toifa bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi haqida ma’lumot berildi. Jumladan, “yashil” ko‘rsatkichlarga erishgan tashkilotlarni rag‘batlantirish, “sariq” ko‘rsatkichlar bo‘yicha kechikish sabablarini tahlil qilish va “qizil” ko‘rsatkichlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlar faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqish mexanizmlari qayd etildi.

O‘quv mashg‘ulotida, shuningdek, 2026-yilda ishlab chiqiladigan yangi strategik rejalashtirish hujjatlarini “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining maqsad va samaradorlik ko‘rsatkichlari bilan uyg‘unlashtirish masalalari ham muhokama qilindi.