Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Namangan viloyatida 2026-yilning yanvar–iyul oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 20 323,3 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 21,1 % ga oshgan.
Chakana savdo aylanmasining asosiy qismi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ularning savdo aylanmasi 15 097,4 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,5 % ga oshgan.
Shuningdek, uyushmagan savdo tovar aylanmasi 4 032,0 mlrd so‘mni tashkil etib, bir yil avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 42,0 % ga oshgan.
Yirik korxonalarning chakana savdo aylanmasi esa 1 193,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.
2026-yil 1-iyul holatiga viloyatda chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 5 193 tani tashkil etdi. Shundan 16 tasi yirik korxona, 5 177 tasi kichik korxona va mikrofirmalardir.




