So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir.

Joriy yilning 15- noyabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasida Biznes va fan universiteti talabalari bilan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda 660 ming 942 tonna sabzavotlar yetishtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 5,9 foizga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyati bo‘yicha qurilish sohasida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi miqdori 4 mln 671,2 ming so‘mga to‘g‘ri keldi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Namangan viloyatida 2024- yil 1-oktabr holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 418,7 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 8,9 kishiga ortgan (2023- yilda 1 kv.km.ga 409,8 kishi).

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida jami 3  543 ta yangi korxonalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatining chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi 1 trln 276,4 mlrd so‘mni tаshkil qildi. 

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyati xorijiy davlatlarga qiymati 204,2 mln. AQSH dollari miqdorida sanoat mahsulotlari eksportini amalga oshirgan bo'lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 2 mln. AQSH dollariga ko'paygan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda 434,9 mlrd so‘mlik ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 108,8 % ga yetgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p kichik korxona va mikrofirma savdo sohasida 1 299 ta, sanoatda 629 ta hamda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 295 ta yangidan tashkil etilgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda norasmiy sektorlar boʻyicha yangi qurilish hisobidan 3 trln 800,8 mlrd soʻmlik ishlar bajarildi.

Joriy yilning 14- noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ijtimoiy soha statistikasi boʻlimi xodimlari uchun ijtimoiy soha statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.