So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Norin tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 1 711 tonna uzum yetishtirilgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan tumanida 103,2 ming tonna sabzavotlar yetishtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 4 ming tonnaga ko‘paygan.

2024- yilning 1- noyabr holatiga Chust tumanida jami 2 316 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Joriy yilning 11-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistik registrlarni yuritish boʻlimi xodimlari uchun korxona va tashkilotlar yagona davlat registri (KTYADR) bazasini shakllantirish va ularni yuritish masalalariga oid ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Chortoq tumanida asosiy kapitalga 1263,3 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 118,3 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida Uychi tumani eksportyorlari tomonidan xorijiy davlatlarga qiymati 41,1 mln AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Kosonsoy tumanining tashqi savdo aylanmasi 88,6 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 5,6 % ga ko‘paygan.

2024- yilning 1- noyabr holatiga Namangan viloyatida jami 26 767 ta korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyati sanoatida kiyim ishlab chiqarishning ulushi 12,5 % ga yetib, 3 trln 47,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida tirik vaznda 147,5 ming tonna go‘sht mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 5,3 % ga ko‘paygan.

2024- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining soni 268 332 tani tashkil etgan.