So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 9- avgust kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Joriy yilning 6- avgust kuni Namangan viloyati Statistika boshqarmasida "STATA MP 18.0 dasturining imkoniyatlari va funksiyalarini o‘rganish" mavzusida amaliy o‘quv seminari tashkil etildi. Unda Statistika boshqarmasi rahbariyati va xodimlari ishtirok etdi.

2024-yilning 1-iyul holatiga ko'ra, Yangi Namangan tumanida jami 122 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-iyun oylarida qiymati 346,6 mlrd. so‘mlik qurilish va bunyodkorlik ishlari bajarilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Uchqo‘rg‘on tumani xorijiy davlatlardan qiymati 3,5 mln. AQSH. dollari miqdorida tovarlar importini amalga oshirgan bo‘lib, o'sish sur'ati 2023-yil mos davriga nisbatan 93,5 %ni tashkil etgan.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2024-yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 4 kishi yashaydigan uy xo‘jaliklari 17,7 % ni tashkil etmoqda. 

2024- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, Uychi tumanining doimiy aholisi soni 234,6 ming kishini tashkil etib, 2023- yilning 1- iyul holatiga nisbatan 5,2 ming kishiga ko‘paydi.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Chortoq tumanida 12 703 tonna sabzavotlar yetishtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 4,6 foizga ko‘paygan. 

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Chust tumanining ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 136,3 mlrd so‘mga yetib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 2,3 foizga kamaygan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Yangiqo‘rg‘on tumanining tashqi savdo aylanmasi 17,5 mln AQSH dollarini tashkil etib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 103,9 %ga yetgan.

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 674,5 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida To‘raqo‘rg‘on tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 1 160 tonna uzum yetishtirilgan. Bu ko‘rsatkich 2023- yilga nisbatan 31 tonnaga ko‘paygan. 

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Pop tumani eksportyorlari tomonidan xorijiy davlatlarga qiymati 36,5 mln. AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Norin tumanida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 519,1 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 5,6 %ga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Mingbuloq tumanida 359,0 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 108,7 %ni tashkil etdi.

 2024- yilning yanvar-iyun oylarida Kosonsoy tumanida asosiy kapitalga 484,6 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 155,0 % ni tashkil etdi.