So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyatida amalga oshirilgan qurilish va bunyodkorlik ishlari hajmi 4,9 trln so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 107,0 % ga yetgan.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyati 5 ta xorijiy davlatdan qiymati 9,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan jami 480 dona  yengil avtomobillar importini amalga oshirgan. 

 Statistika agentligi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan «Statistika asoslari» bo‘yicha shartnoma asosida mahalliy davlat hokimiyati organlari iqtisodchi xodimlari uchun Namangan viloyatining Namangan shahrida shu yilning 25–27- sentabr kunlariga mo‘ljallangan qisqa muddatli sayyor o‘quv kursi boshlandi.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyati 4 ta davlatga qiymati 5,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan jami 6,3 ming tonna pomidor eksportini amalga oshirgan.

Namangan viloyatida 2024- yilning yanvar-avgust oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 18,0 trln. so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,8 trln so‘mga ko‘paygan. 

O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 5- noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5282-son qaror ijrosini ta’minlash hamda statistika tizimi xodimlarini qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi markaziy apparati va hududiy boshqarmalari oʻrtasida sportning mini-futbol turi boʻyicha “Direktor kubogi” musobaqasi boshlandi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan shahrining tashqi savdo aylanmasi 359,2 mln AQSH dollarini tashkil etib, shundan eksport hajmi 117,8 mln AQSH dollarini, import hajmi esa 241,4 mln AQSH dollarini tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan shahrida 5,7 trln so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 114,7 % ni tashkil etdi. 

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyatida jami 3 005 ta yangi korxonalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, 2016- yilning mos davriga nisbatan 1 059 taga ko‘paygan.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2024- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 6 va undan ko‘p kishili uy xo‘jaliklari 37,9 % ni tashkil etmoqda.

Joriy yilning 24- sentabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Korrupsiya – kelajak kushandasi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasi 853,1 mln AQSH dollarini tashkil etib, shundan eksport hajmi 391,7 mln AQSH dollarini, import hajmi esa 461,4 mln AQSH dollarini tashkil etgan. 

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyati bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 13,7 trln so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 2,0 trln so‘mga ko‘paygan.

2024- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, Namangan viloyati bo‘yicha 1453 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-avgust oylarida 4 trln 875,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.