So'nggi yangiliklar

2024-yil yanvar-iyul oylarida Namangan viloyatida elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 2 575,7 mlrd so‘mni, jami sanoat mahsulotlari hajmining 17,3 % ini tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 23 403,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2023-yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 7,0 % ga o‘sdi.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 6 324,5 tonna olcha sharbati ishlab chiqarilgan.

Aziz yurtdoshlar! Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Chust tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 672 tonna uzum yetishtirilgan. Bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 42 tonnaga ko‘paygan. 

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Norin tumanining ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 345,1 mlrd so‘mga yetib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 108,1 foizni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyunida avtomobil transportida yo‘lovchi tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 90,6 % ni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Pop tumanida 26 603 tonna sabzavotlar yetishtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 1,3 foizga ko‘paygan.

2024-yilning yanvar-iyul oylarida Chortoq tumani xorijiy davlatlardan qiymati 32,3 mln. AQSH. dollari miqdorida tovarlar importini amalga oshirgan bo‘lib, o'sish sur'ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 178,1 %ni tashkil etgan.

 2024- yilning yanvar-iyun oylarida To‘raqo‘rg‘on tumanida asosiy kapitalga 1234,1 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 134,2 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashilgan (avtomobil va temir yoʻl transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 5,3 mln tonnani tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Namangan tumanida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 535,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 7,4 %ga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Kosonsoy tumanida  577,5 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 110,8 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida Mingbuloq tumani eksportyorlari tomonidan xorijiy davlatlarga qiymati 3,2 mln. AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.