So'nggi yangiliklar

2021- yilning yanvar–iyun oylarida Namangan viloyati boʼyicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi oʼrinlarda – YaHM) hajmi joriy narxlarda 14 trln. 158,2 mlrd. soʼmni tashkil etdi

Namangan viloyati doimiy aholisi soni 2021- yil 1- iyul holatiga 2 mln. 893,4 ming kishini tashkil etib, 2021- yil boshidan 26,0 ming kishiga yoki 0,9 % ga oʼsdi.

2021- yilning yanvar–iyunida Namangan viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YaHM) hajmi joriy narxlarda 14 158,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020- yilning yanvar-iyuni bilan taqqoslaganda 6,8 % ga o‘sdi.

Mamlakatimizda mustaqillik davrida ilk bor o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olish tadbiri sinov tariqasida 2021 yilning 1-25 noyabr kunlari Respublikamizning Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani,

 Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida asosiy kapitalga 5366,9 mlrd. so‘mlik investitsiyalar yo‘naltirildi, shundan 77,1 % jalb qilingan mablag'lar, 22,9 % korxonalar va tashkilotlarning o‘z mablag'lari hisobidan ta'minlandi.

Joriy yilning 27- iyul kuni Davlat statistika qo‘mitasida 2021- yil II chorak yakunlari bo‘yicha qo‘mitaning kengaytirilgan Hay`at yig`ilishi o‘tkazildi. Unda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, qo‘mitaning tarmoq va hududiy statistika boshqarmalari boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika boshqarmalari xodimlari qatnashdi.

 Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida jami 2391,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur‘ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 105,8 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 24- iyul kuni Namangan viloyati To‘raqo‘rg'on tumani Chustko‘prik MFY faollariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil  11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari  to‘g’risida"gi 710-son Qarori  ijrosi yuzasidan targ’ibot ishlari olib borildi.

Namangan viloyati bo‘yicha 2021– yilning yanvar– iyun oylarida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 8 127,9 mlrd. so‘mni yoki 2020– yilning mos davriga nisbatan 103,9 % ni,

Viloyatda o‘rtacha oylik ish haqi yanvar-iyun oylarida 2 mln. 216,3 ming so‘mni tashkil etib, viloyat hududlari bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, ya’ni o‘rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori Namangan shahrida 2725,4 ming so‘mni (viloyatdagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 123,0 %) tashkil etgan.

Aholini ro‘yhatga olish varag‘i shakllari va boshqa hujjatlarni taqsimlash, hududiy komissiyalar tomonidan, registratorlar ishining yakunlari asosida tayyorlangan tashkiliy rejalarga asosan,

? Namangan viloyati doimiy aholisi soni 2021- yil 1-iyul holatiga 2893,4 ming kishini tashkil etib, 2021- yil boshidan 26,0 ming kishiga ko‘pagyan.

Joriy yilning 23- iyul kuni Namangan viloyati Pop tumani Guliston MFY faollariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil  11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari  to‘g’risida"gi 710-son Qarori  ijrosi yuzasidan targ’ibot ishlari olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Namangan viloyati bo‘yicha 2021- yilning yanvar-iyun oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 5109,3 mlrd. so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 1149,0 mlrd. so‘mga oshdi.