So'nggi yangiliklar

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2022-yilning yanvar-aprel oylarida Namangan viloyati korxonalari tomonidan 4 trln. 583,0 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib

Namangan viloyati doimiy aholisi soni 2022- yil 1– aprel holatiga 2 mln. 945,0 ming kishini tashkil etib, 2022- yil boshidan 13,9 ming kishiga yoki  0,5 % ga o‘sdi. Jumladan, shahar aholisi soni 1 mln. 908,8 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 64,8 %), qishloq aholisi soni 1 mln. 036,2 ming  kishini (35,2 %) tashkil etdi.

Mamlakatimizda qurilish va bunyodkorlik ishlariga qaratilayotgan yuksak e’tibor natijasida sohada ulkan yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. Shahar va qishloqlar qiyofasi oʻzgarib, odamlarning turmush farovonligi oshib bormoqda. Jumladan, viloyatimizning barcha hududlarida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, yirik sanoat korxonalari, ijtimoiy obyektlar va koʻp qavatli uy-joylar barpo etilmoqda. 

Joriy yilning 24–25- may kunlari poytaxtimizda “Markaziy Osiyoda iqtisodiy taraqqiyot uchun samarali boshqaruv” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtmoqda.

2022- yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonga 53,7 ming tonna banan import qilingan.Banan importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 32 ming tonnaga oshgan.

 2022- yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasi norasmiy sektorida bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 15,0 % i to‘g‘ri kelib, 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkichiga nisbatan 1,5 % punktga kamaydi.

Gullar festivali doirasida Oʼzbekiston milliy simfonik orkestrining «Ochiq osmon ostida» deb nomlangan kontsert dasturi namoyish qilindi.

2021- yilda temir yoʻl transporti orqali jami 72 mln. tonna yuk tashilgan. Bu 2020- yil yakuni bilan solishtirilganda 1,9 foizga oshgan.

2022- yilning aprel oyida repetitorlik narxlari mart oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 0,5 % ga oshgan.Repetitorlik narxlari yil boshidan buyon oʻrtacha 1,6 % ga oshgani kuzatilgan

2022- yilning yanvar-aprel oylarida viloyat korxonalari tomonidan 4583,0 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi* 108,1 % ni tashkil etdi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, aholini  ro‘yxatga olish tadbiri 2023-yilda  Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.