So'nggi yangiliklar

2024-yil yanvar-mart oylarida Pop tumanida jami 10,4 ming kv.metr turar joylar foydalanishga topshirilgan bo‘lib, bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 26,8 %ga ko'paygan. 

Joriy yilning 1-aprel holatiga ko'ra, Namangan viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklarda jami 779,3 ming bosh qora mol, 253,4 ming bosh qo‘y va echkilar, 7233 bosh otlar hamda 6 mln. 647,5 ming bosh parrandalar borligi qayd etilgan.

Ichki savdo ko‘rsatkichlarini shakllantirishda uyushmagan savdo tovar aylanmasi ham hisoblanadi. Bunga dehqon (oziq-ovqat) bozori hamda chorva mollari, parrandalar va boshqa hayvonlar bozorida jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan savdo hajmlari kiradi.

2024- yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyatning Ispaniya bilan tashqi savdo aylanmasi 2,1 mln.AQSh dollarini tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 1,8 mln.AQSh dollariga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyatida shaxsiy xizmatlar hajmi 572,4 mlrd. soʻmga teng boʻldi. O‘sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 107,9 %ni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 118,6 million AQSH dollarini yoki jami importning 63,8 % ini tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyatida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari hajmi 713,8  mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 10 va undan katta yoshdagi aholining oʻz uyida internetdan foydalanayotganlar ulushi 79,2 % ni tashkil etdi.

 2024-yilning yanvar-may oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyatida 195,2 mlrd so‘mlik rezina va plastmassa buyumlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 77,3 mlrd so‘mga ko'paygan.

2024- yilning 1- iyul holatiga viloyatimizda jami 26 347 ta korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatayotgan bo'lib, shundan 22 037 tasini tadbirkorlik subyektlari tashkil etgan.

2024- yilning 1- iyun holatiga Kosonsoy tumanida sog‘likni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 44 tani tashkil etib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-may oylarida jami 12,7 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.

2024- yilning 1- iyun holatiga Namangan tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish korxonalari soni 58 tani tashkil etib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-may oylarida jami 171,3 mlrd so‘mlik qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan.

2024- yilning yanvar-may oylarida Chust tumanining ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 118,6 mlrd so‘mga yetib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 71,6 %ga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-may oylarida Chortoq tumani xorijiy davlatlardan qiymati 21,0 mln. AQSH. dollari miqdorida tovarlar importini amalga oshirgan bo‘lib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 140,5 %ga yetgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 23 403,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2023- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 7,0 % ga o‘sdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida jami 3 530,8 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar jami 2 251 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan: