So'nggi yangiliklar

2024-yil 1-aprel holatiga viloyatimizda otlarning umumiy bosh soni 7 233 boshga yetib, 2023- yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda otlar bosh soni - 17 taga yoki 0,2 %ga ko‘paydi.

2024- yilning 1- iyun holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 26 666 tani tashkil etib, o'sish sur'ati o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 96,3 foizga yetgan. 

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida yirik korxonalar tomonidan 197,8 ming tonna tabiiy qum qazib olingan boʻlib, mazkur qazib olish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 39,6 % ga oshgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

 2024 - yilning yanvar-may oylarida statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, Namangan viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 7 533,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023- yilning yanvar-may oyiga nisbatan 8,5 % ga oshdi.

2024- yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyatning Pokiston bilan tashqi savdo aylanmasi 2,2 mln.AQSh dollarini tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 1,7 mln.AQSh dollariga ko‘paygan.

2024-yilning yanvar-may oylarida viloyatimizda yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 243,1 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Joriy yilning yanvar-may oylari davomida Namangan viloyatida yirik korxonalar tomonidan 133,4 ming dona trikotaj kiyimlar ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 153,2 ming donaga kamaygan.

Joriy yilning 5- iyun kuni Namangan viloyati Statistika boshqarmasida “Microsoft office dasturlar paketi va uning imkoniyatlari hamda e-Stat 4.0 dasturining vazifasi” mavzularida o‘quv seminari tashkil etildi. Unda boshqarma rahbariyati, bo‘lim boshliqlari va  mutaxassislar ishtirok etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga investitsiyalarning 75,9 % i yoki 81,3 trln soʻmi jalb etilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilgan.

2024-yilning yanvar-may oylarida yirik qurilish ishlari boʻyicha yangi qurilishning jamidagi ulushi 33,2 % ni, kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha esa bu koʻrsatkich 47,2 % ni tashkil etdi.

2024- yilning 1- iyun holatiga viloyatimizda 213 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.

2024- yilning yanvar-may holatiga Chortoq tumanida avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi hajmi 6,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,6 %ga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-may oylarida Norin tumani xorijiy davlatlardan qiymati 8,4 mln. AQSH. dollari miqdorida tovarlar importini amalga oshirgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 64,3 %ga kamaygan.

2024- yilning yanvar-may oylarida Mingbuloq tumanining ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 112,0 mlrd so‘mga yetib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 38,2 %ga ko‘paygan.

2024- yilning 1- iyun holatiga To‘raqo‘rg‘on tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish korxonalari soni 64 tani tashkil etib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-may oylarida jami 145,3 mlrd. so‘mlik qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida yirik korxonalar tomonidan 2 468,8 oʻrik sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,9 barobarga oshgan.

2024- yilning 1- iyun holatiga Chust tumanida sog‘likni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalari soni 56 tani tashkil etib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-may oylarida jami 8,2 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.