So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Namangan viloyati xorijiy davlatlarga qiymati 51,1 mln AQSH dollarilik mashinalar va transport asbob-uskunalari eksportini amalga oshirgan. 

Joriy yilning 20- dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ijtimoiy soha statistikasi boʻlimi xodimlari uchun ijtimoiy soha statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida viloyatimizda yirik korxonalar tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 811,5 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 144,5 mlrd so‘mga ko‘paygan.

 Joriy yilning 20- dekabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Namangan viloyatida sanoat korxonalari tomonidan qiymati 1,2 trln so‘mlik ichimliklar ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan  32,1 % ga ko‘paygan.

2024- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 738 tani tashkil etib, 2024- yilning yanvar-noyabr oylarida bu sohada 99 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Namangan viloyati 6 ta xorijiy davlatdan qiymati 8,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan jami 6,9 ming tonna  choy mahsulotlari importini amalga oshirgan.

Joriy yilning 20- dekabr kuni Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida statistika boshqarmasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida” davra suhbati tashkil etildi.

2024- yilning 1- dekabr holatiga viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari soni 6030 tani tashkil etib, shundan 306 tasi baliqchilik sohasida faoliyat ko‘rsatadi.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Namangan viloyatida amalga oshirilgan qurilish va bunyodkorlik ishlari hajmi 11,1 trln so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 114,3 % ga yetgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Namangan viloyatida 2,9 trln so‘mlik moliyaviy xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib,  2023- yilning mos davriga nisbatan 2,4 % ga ko‘paygan.