So'nggi yangiliklar
2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 268 ming 940 tonna kartoshka yetishtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 4,3 % ga ko‘paygan.
Chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ulushi qancha?
03/12/2024 • So'nggi yangiliklar
2024 - yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 17 233,3 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 8,4 % ga oshdi.
03/12/2024 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 29-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari va tadbirkorlik statistikasi boʻlimi xodimlari uchun ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlik statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.
2024- yilning 1- noyabr holatiga Namangan viloyatida xizmatlar sohasida jami 18 697 ta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.
03/12/2024 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyati xorijiy davlatlarga qiymati 7,7 mln AQSH dollari qiymatidagi nooziq-ovqat (xomashyo, yoqilgʻidan tashqari) mahsulotlari eksportini amalga oshirgan bo'lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 1,7 mln.AQSH dollariga ko'paydi.
2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyati sanoatida metallurgiya sanoatining ulushi 2,8 % ga teng bo‘lib, 684,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.
02/12/2024 • So'nggi yangiliklar
Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
02/12/2024 • So'nggi yangiliklar
02/12/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyatning Pokiston bilan tashqi savdo aylanmasi 9,4 mln.AQSh dollarini tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 7,6 mln.AQSh dollariga ko‘paygan.
2024- yilning 1- noyabr holatiga viloyatimizda jami 1 005 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritayotganligi ma’lum bo‘ldi.
2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyati bo‘yicha axborot va aloqa sohasida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi miqdori 6 mln 394,0 ming so‘mga to‘g‘ri keldi.
2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyati bo‘yicha doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar jami soni 2 633 kishini tashkil etgan.
29/11/2024 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 29- noyabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
2024- yilning yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 22 trln 639,4 mlrd so‘mni yoki jami qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmining 95,1 % ini tashkil etdi.



