So'nggi yangiliklar

2024- yil 1- avgust holatiga  jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 26 576  tani tashkil etib, ular 2023- yilning mos davriga nisbatan 941 taga kamaygan.

2024- yil 16-sentabrdan  23-sentabr  kunlarida quyidagi statistika hisobot turlari taqdim etish muddatlari yaqinlashayotganligini eslatamiz:

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida asosiy kapitalga jami 16708,7 mlrd so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, o‘ish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 181,2 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 214,0 million AQSH dollarini yoki jami importning 61,2 % ini tashkil etdi.

Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan 2024- yilning yanvar-iyul oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 147,0 mlrd so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 1,0 % ini tashkil etdi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024- yilning 1- avgust holatiga Namanganda jami faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 22 113 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 1 530 tani tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida 19,5 ming nafar Italiya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

 2024- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyati bo‘yicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 77 182 tonna meva va rezevor mahsulotlari yetishtirilgan. Bu ko‘rsatkich 2023- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 2,7 % ga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida savdo faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Namangan shahrida 5 170,3 ming so‘mni tashkil etgan. 

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatiga doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar soni 1,6 ming kishini, ko‘chib ketganlar soni esa 2,7 ming kishini tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 208 152,5 ming litr tabiiy gazlangan mineral suvlar ishlab chiqarilgan.

2024- yilning 1- avgust holatiga ko‘ra, Namanganda jami faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 22 113 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 1 530 tani tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Namangan viloyatida o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 3 819,3 ming so‘mni, o'sish sur'ati 2023- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 107,9 % ni tashkil etdi. 

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida Namangan viloyati xorijiy davlatlarga qiymati 6,4 mln AQSH dollari qiymatidagi nooziq-ovqat (xomashyo, yoqilgʻidan tashqari) mahsulotlari eksportini amalga oshirgan bo'lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 28,5 % ga ko'paydi.