So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida jami 995,4 ming kvadrat metr turar joylar foydalanishga topshirilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100,5 % ni tashkil etgan.

Statistika boshqarmasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida o‘rtacha 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan velosipedlar soni 80 tani tashkil etdi.

Joriy yilning 1- noyabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyati bo‘yicha tashish va saqlash, axborot va aloqa bo‘yicha xizmatlari sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2 trln 444,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. 

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida jami 5,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

2024- yilning 1- oktabr holatiga Yangi Namangan tumani doimiy aholisi soni 165,2 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 3,3 ming kishiga ko‘paydi.

2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, Yangi Namangan tumanida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar 53 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10 taga ko‘paygan. 

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari hajmi 11 trln 258,8 mlrd so‘mga yetib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 105,5 % ni tashkil qildi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida ishlab chiqarilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 10 trln 817,4 mlrd so‘mni, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 101,3 % ni tashkil etdi.

2024- yil yanvar-sentabr oylarida internetdan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta yoshdagi erkaklar ulushi 93,4 % ni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi hajmi 3 mln 96 ming so'mni tashkil etib, o'sish sur'ati o'tgan yilning mos davriga nisabatan 115,5 % ga yetdi.

2024- yilning 1- oktabr holatiga Namangan viloyatining doimiy aholisi 3 million 115,3 ming kishini tashkil etgan.

2024- yilning 1- oktabr holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 26 745 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,1 foizga kamaygan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yil yanvar-sentabr oylarida 11 331,5 tonna olcha sharbati ishlab chiqarilgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyati bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi 16,5 trln so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 9,5 % ga ko‘paygan.