So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyatida qiymati 2 trln 227,1 mlrd. so‘mlik savdo xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 10,7 % ga ko‘paydi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oylarida yirik korxonalar tomonidan 100,2 mln l tabiiy mineral gazli suvlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 34 % ga oshgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikadagi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan 21 156 tonna sabzavot yetishtirilgan.

Joriy yilning yanvar-may oyida viloyatning tashqi savdo aylanmasi 516,9 mln. AQSH dollariga yetib, shundan eksport hajmi 216,3 mln. AQSH dollarini, import hajmi esa 300,6 mln. AQSH dollarini tashkil etgan.

Joriy yilning yanvar-may oylarida viloyatning sanoat ishlab chiqarish hajmi 9,7 trln so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 2,2 trln so‘mga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyatida jami 2,6 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. 

2024- yilning 1- iyun holatiga jami 1 012 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritayotganligi ma’lum bo‘ldi. 

Joriy yilning 20–21-iyun kunlari Jeneva shahrida Yevropa statistiklari konferensiyasining 72-yalpi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-may oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan shaxsiy kompyuterlar soni oʻrtacha 69 tani tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-aprel oylarida yirik korxonalar tomonidan 33,4 ming tonna polipropilen ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 11,6 % ga oshgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Joriy yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyatida jami 2 trln. 579,8 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,0 % ni tashkil etdi.

2024- yilning 1- iyun holatiga viloyatimizda jami 26 666 korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatmoqda.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-may oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan kir yuvish mashinalari soni oʻrtacha 98 tani tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyatida yirik korxonalar tomonidan jami 5,7 ming tonna tozalangan o‘simlik yog‘i ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 2,6 ming tonnaga ko‘paygan.