So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyatida 457,4 mlrd so‘mlik aloqa va axborotlashtrish xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish surati 2023- yilning mos davriga nisbatan 115,5 foizga yetgan. 

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 107,1 trln soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

Joriy yilning yanvar-may oylarida Namangan viloyati xorijiy davlatlarga qiymati 10,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan jami 23 ming 155,9 tonna meva va sabzavotlar eksportini amalga oshirgan.

2024- yilning 1- iyun holatiga Yangi Namangan tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish korxonalari soni 125 tani tashkil etib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-may oylarida jami 177,8 mlrd. so‘mlik qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan.

2024- yilning yanvar-may oylarida Yangi Namangan tumanida 613,7 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023 yilning mos davriga nisbatan 110,3 %ni tashkil etdi.

2024- yilning 1- iyun holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 26 666 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 3 543 tani tashkil qildi (ulushi 13,3 %).

2024-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasida kichik qurilish korxona va mikrofirmalari tomonidan 34,6 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, 2023-yilning yanvar-may oyiga nisbatan 104,5 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-may oylarida jami 2 837,4 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Joriy yilning 21- iyun kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Uchqo‘rg‘on tumanida asosiy kapitalga 306,0 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 191,0 % ni tashkil etdi. 

2024-yilning yanvar-aprel oylarida 31,4 ming nafar Turkiya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

2024- yilning 1- aprel holatiga Chust tumanining doimiy aholisi soni 286,9 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 6,0 ming kishiga ko‘paydi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024- yilning yanvar-may oylarida Namanagan viloyatida jami 2579,8 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 107,0 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-may oylarida viloyat korxonalari tomonidan 9 711,6 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023-yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 109,6 % ni tashkil etdi.