So'nggi yangiliklar

2024- yilning 1- noyabr holatiga Namangan viloyatida jami 26 767 ta korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyati sanoatida kiyim ishlab chiqarishning ulushi 12,5 % ga yetib, 3 trln 47,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida tirik vaznda 147,5 ming tonna go‘sht mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 5,3 % ga ko‘paygan.

2024- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining soni 268 332 tani tashkil etgan.

2024- yilning 1- noyabr holatiga viloyatimizda 209 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 21 trln 966,7 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 75,1 % ini tashkil qildi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning texnologik tarkibiga ko‘ra qurilish montaj ishlari 10 trln 899,7 mlrd so‘mga yetkazildi.

Joriy yilning 9–13-dekabr kunlari Tailandning Bankok shahrida boʻlib oʻtayotgan BMT Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) Statistika qoʻmitasining 9-sessiyasi va Osiyo-Tinch okeani Statistika instituti Boshqaruv kengashining 20-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi delegatsiya ham qatnashmoqda.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyatida jami 9 trln 520,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 109,7 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida yalpi hududiy mahsulot  (YAHM) deflyatori indeksi 2023- yilning yanvar-sentabr oylaridagi narxlarga nisbatan 111,7 foizni tashkil etdi.

2024- yilning 1- noyabr holatiga viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 4 591 ta bo‘lib, jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 17,2 foiz ulushini tashkil etdi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.