So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Chortoq tumanida 70,3 ming tonna sabzavotlar yetishtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 3,5 ming tonnaga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan shahrida asosiy kapitalga 13 trln 506,3 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 239,5 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida To‘raqo‘rg‘on tumani eksportyorlari tomonidan xorijiy davlatlarga qiymati 86,7 mln AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.

2024- yiling 16- dekabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari B. Xoliqov, Investitsiyalar va qurilish statistikasi bo‘lim mutaxassisi G‘. Olimov tomonidan investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish to‘g‘risidagi 4-invest (asosiy) shakli statistika hisobotini taqdim etish tartibi boʻyicha seminar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Namangan tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 232,5 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 98,2 % ga yetgan.

Uchqo‘rg‘on tumani 1935- yil 27- iyulda tashkil topgan bo‘lib, umumiy yer maydoni 0,30 ming kv.km tashkil etadi. 2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, doimiy aholisi soni 187,8 ming kishiga yetib, 2024- yilning 1- yanvar holatiga nisbatan 2,4 ming kishiga ko‘paydi.

2024- yilning 1- noyabr holatiga viloyatimizda 2023- yilning mos davriga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 90,8 foizni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Norin tumanining tashqi savdo aylanmasi 62,7 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 9,3 % ga kamaygan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Chortoq tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 6 501 tonna uzum yetishtirilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimiz boʻyicha 513,4 mln dona tuxum olingan.

2024 yilning yanvar-oktabr oylarida  Namangan viloyati xorijiy davlatlarga qiymati 1 644,2 ming AQSH dollarilik ichimliklar eksportini amalga oshirgan.