So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Pop tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 2 715 tonna uzum yetishtirilgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Yangiqo‘rg‘on tumani 1926- yil 29- sentabrda tashkil topgan bo‘lib, umumiy yer maydoni 0,53 ming kv.km tashkil etadi. 2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, doimiy aholisi soni 240,5 ming kishiga yetib, 2024- yilning 1- yanvar holatiga nisbatan 3,4 ming kishiga ko‘paydi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida To‘raqo‘rg‘on tumanining ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 231 mlrd so‘mni takil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 11,7 % ga kamaygan.

2024- yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra, Chust tumanida jami 137 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular tomonidan joriy yilning yanvar- oktabr oylarida qiymati 342,8 mlrd so‘mlik qurilish va bunyodkorlik ishlari bajarilgan.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Chortoq tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 794,5 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 106,9 % ga yetgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarda Namangan viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 92 ming 462 tonna uzum yetishtirilgan. Bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 3 % ga ko‘paygan. 

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda 14,2 mingta nikoh qayd etilgan bo‘lib, har 1000 aholiga nikoh koeffitsiyenti 6,1 promilleni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyatida 1 trln 20,6 mlrd so‘mlik aloqa va axborotlashtrish xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish surati 2023- yilning mos davriga nisbatan 118,7 foizga yetgan.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyatida 4 trln 46,2 mlrd so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 733,8 mlrd so‘mga ko‘paygan.

 2024- yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra, viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 209 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16 taga kamaygan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 47 trln 519,9 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2023- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 7,3 % ga o‘sdi.