So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyatida yangi tashkil etilgan korxonalar soni 3 543 tani tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyatida sanoat korxonalari tomonidan 28,1 ming tonna yumshoq bo‘g‘doy uni ishlab chiqarilgan.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyati bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 18,7 trln so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 4 trln so‘mga ko‘paygan.

2024- yil 26-noyabrdan 2-dekabr  kunlarida quyidagi statistika hisobot turlari taqdim etish muddatlari yaqinlashayotganligini eslatamiz:

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyati 31 davlatga qiymati 243,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlari eksportini amalga oshirgan.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasi hajmi 1 mlrd 68,9 mln. AQSH dollariga yetib, shundan eksport hajmi 480,7 mln AQSH dollarini, import hajmi esa 588,2 mln. AQSH dollarini tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 660 ming 942,0 tonna sabzavotlar yetishtirilgan. Bu ko‘rsatkich 2023- yilning yanvar- sentabr oylariga nisbatan 5,9 % ga ko‘paygan.

Joriy yilning 25-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boʻlimi xodimlari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyati bo‘yicha ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 13,2 trln so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 4,9 trln so‘mga ko‘paygan.

Jahon banki tomonidan mamlakatlarning statistik salohiyatini o‘rganish va baholab borish maqsadida yangilangan uslubiyot asosida ishlab chiqilgan “Statistika faoliyati samaradorligi indeksi” (Statistical Performance Indicators - SPI)ning 2023-yil natijalari keng jamoatchilikka e’lon qilindi.

2024- yilning 1- noyabr holatiga Namangan viloyatida jami 1 005 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritayotgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34 taga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyatida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan 3 trln 828,7 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.