So'nggi yangiliklar

2024- yil yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar 9203,3 mlrd. so‘mni tashkil qilib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 273,9 %ni tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, internetdan tibbiy maʻlumotlarni (jarohatlar, kasalliklar, ovqatlanish va boshqalar) qidirish uchun foydalanadigan 10 yosh va undan katta aholining ulushi  17,1 % ni tashkil etdi.

2024- yilning 1- aprel holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 26 895 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 93,0 foizga yetgan. 

Namangan viloyati bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi 2024- yilning yanvar-mart oylarida 3 642,5 ming so‘mni tashkil etdi 

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 166,4 ming tonna chaqiq tosh qazib olingan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 43,5 % ga oshgan.

Namangan viloyatida 2024- yil 1- aprel holatiga doimiy aholi soni 3079,9 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 13,8 ming kishiga yoki 0,4 % ga ko‘paydi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oyida yirik korxonalar tomonidan 2 ming tonna vafli mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3 barobarga oshgan.

Joriy yilning 26- aprel kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikamiz boʻyicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1,9 mln. tonna sut yetishtirilgan.

2023/2024 o‘quv yili boshiga Namangan viloyatida faoilyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 766 tani tashkil etgan. So‘nggi besh yilda ular soni 48 taga ko‘paygan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyati xorijiy davlatlarga qiymati 8,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan jami 13 ming 679,9 tonna meva va sabzavotlar eksportini amalga oshirgan.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, 10 yosh va undan katta aholining so‘nggi uch oy davomida (har qanday joyda) internetdan muntazam foydalangan ulushi 89 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari hajmi 2 trln. 297,3 mlrd. so‘mga yetib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 104,3 % ni tashkil qildi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida 850 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga borgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida qiymati 1,5 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Shundan, 78,1 %i yoki trln. 114,4 mlrd. so‘mlik yangi qurilish ishlariga ya’ni iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.