So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 54,5 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan boʻlib, jami investitsiyalarning 50,9 % ini tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimiz bo‘yicha 17,7 mingta bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib, shundan 9,3 ming nafari o‘g‘il bolalar, 8,4 ming nafarini qiz bolalar tashkil etdi. 

2024- yilning 1- aprel holatiga Namangan viloyatida 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 414,0 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu esa o‘tgan 2023- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 9,1 kishiga ortgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida amalga oshirilgan qurilish ishlarining hajmi 1,5 trln. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 109,6 %ga yetgan.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, respublikamizda sanoat tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 68 487,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

 2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida 124,2 ming tonna sut mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 3,8 ming tonnaga ko‘paygan

2024- yil 1- aprel holatiga  jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 26 895  tani tashkil etib, ular 2020- yilga nisbatan 134 taga kamayib, o‘sish sur’ati 99,5 foizni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizning tashqi savdo aylanmasida eng yuqori ulushga ega top:10 davlatlar

Joriy yilning 7-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida 2024-yil 1-chorak yakunlari boʻyicha agentlikning kengaytirilgan Hay’at yigʻilishi oʻtkazildi. 

Namangan viloyatida 2023/2024-o‘quv yili boshida Namangan viloyatida jami 5 ta akademik litseylar faoliyat ko'rsatmoqda.

2024-yil 1-aprel holatiga respublikamizda qurilish sohasida 51 837 ta korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning o‘sish sur’ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 101,9 % ni tashkil etdi.

 2024- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 3 011,3 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,0 % ga o‘sdi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 2 258  ming tonna portlandsement ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 11,5 % ga oshgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyati bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi 4,3 trln. so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 9,9 % ga ko‘paygan. 

2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida tirik vaznda 30,5 ming tonna go‘sht mahsulotlari yetishtirilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 5,0 %ga ko‘paygan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida temiryoʻl transportida 2 743,5 ming yoʻlovchi joʻnatilgan boʻlib, bu 2023-yilning mos davriga nisbatan 283 ming kishiga koʻpdir