So'nggi yangiliklar

2024-yil yanvar-fevral oylarida 14,3 ming nafar Turkiya Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

2024-yilning yanvar-fevral oylari yakuniga koʻra, respublikamizda kompyuter va periferik uskunalarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmi 181 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

2023/2024 oʻquv yili boshiga viloyatimiz bo‘yicha umumtaʼlim muassasalarida tahsil olayotgan oʻquvchilarning bitta sinfdagi oʻrtacha soni 25 nafarni tashkil etgan. 

2024-yil yanvar-mart oylari yakuni bilan Namangan viloyatning tashqi savdo aylanmasi 315,8 mln.AQSh dollarini tashkil etib, o‘sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 102,1 %ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 303,3 ming dona avtomobillar uchun bamperlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 3,1 barobarga oshgan.

2024- yilda Namangan viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 9 253,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2023- yil bilan taqqoslaganda 8,3 % ga o‘sdi.

2024-yilning 1-aprel holatiga Oʻzbekistonning doimiy aholisi qariyb 37 mln kishini tashkil etgan.

2024-yilning 1-mart holatiga koʻra, savdo sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 153 795 tani tashkil etdi.

2023- yilda Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalarini jami 68,5 ming nafar o‘quvchi tamomlagan. Shundan, 9-sinf  bitiruvchilari 40,0 ming nafarni, 11-sinf bitiruvchilari 28,5 ming nafarni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oyida yirik korxonalar tomonidan 803,9 tonna apelsin sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,7  barobarga oshgan.

2024- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra, viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 218 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12 taga kamaygan. 

2023/2024 o‘quv yili boshiga Namangan viloyati umumtaʼlim muassaslarida jami 42,3 ming nafar o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) faoliyat yuritmoqda.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasida tiklanish va taraqqiyot jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 1,6 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Namangan viloyatida aholi jon boshiga bajarilgan qurilish ishlari hajmi 265,3 ming so'mni tashkil etib, o'sish sur'ati 2023-yilning mos davriga nisabatan 112,5 %ga yetgan. 

2023/2024 o‘quv yili boshiga Namangan viloyatida 766 ta umumiy o‘rta taʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni 549,4 ming nafarni tashkil etib, so‘nggi besh yilda ular soni 47,4 ming nafarga ko‘paygan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni qariyb 37 mln. kishini tashkil etgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, 10 yosh va undan katta yoshdagi aholining taʻlim muassasasida internetdan foydalanayotganlar ulushi 9 % ni tashkil etdi.

Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan 2024-yil yanvar-fevral oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 591,9 mlrd. so‘mni (jami sanoat mahsulotlari hajmining 19,0 % ini) tashkil etadi.